Oldin xabar berganimizdek, Jizzax garnizonidagi harbiy qismlar, Jizzax harbiy prokuraturasi hamda "Gulchi opa tomorqasi" MChJ hamkorligida harbiy xizmatchilarning turmush o'rtoqlarini ta'lim va kasbiy ko'nikma olishi hamda bandligini ta'minlashga har tomonlama ko'maklashish maqsadida tikuvchilik, chorvachilik, parrandachilik, qulupnay yetishtirish, biogumus kabi yo'nalishlarda besh kunlik o'quv darslari tashkil etilgan edi.
Ushbu o‘quv davomida ayollar, ta'kidlab o'tilgan yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar tomonidan berilgan bilimlarni chuqur egallab, o‘zlarining mahoratlarini oshirishdi. Kuni kecha ushbu o'quv darslarining yakuniga yetgach, unda faol ishtirok etgan xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi.