Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yoshlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashasak-Vatanmiz !" shiori ostida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o'tkazildi.
Dastlab, harbiy xizmatchilar tomonidan milliy armiyamizning kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish to'g'risida ma'lumotlar berildi. Tadbirda yoshlar hamda ota-onalari o'zlarining qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob olishdi.
Tadbir davomida yoshlarga harbiy guvohnomalar topshirildi. Shuningdek, tengdoshlari orasida iqtidorli, namunali xulqli yoshlar esa faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Yakunda tashkil etilgan faxriy qorovul ko'rgazmali qo'l jangi chiqishlari va qurol-aslahalar ko'rgazmasi barchaga birdek manzur bo'ldi.