Sirdaryo tumanida gul yetishtirish ommalashtiriladi
Bugun Sirdaryo tumani Ilg‘or mahallasida gulchilikni rivojlantirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Unda Sirdaryo tumani hokimi Musurmonqul Xatamov, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani deputatlari Sharofat Noriyeva, Nigora Asqarova hamda xotin-qizlar ishtirok etdi.
Seminarda xotin-qizlarni bandligini taʼminlash va aholi daromadlarini oshirishda gulchilik sohasini rivojlantirish haqida so‘z yuritildi. Bu borada Sharof Rashidov tumanida yo‘lga qo‘yilgan o‘quv kurslari va unda yaratilgan sharoitlar tanishtirildi.
"Gulchilik ayollarga xos soha bo‘lib, mehrni, noziklikni, go‘zallikni yoqtiradi, gul bilan xonadonigizga baraka kiradi"- deydi Sharofat Noriyeva.
Seminar yakunida gul yetishtirishning sir asrorlari o‘rganishga qiziqqan ayollar ro‘yxati shakillantirildi va o‘quv kurslariga jalb qilinadigan bo‘ldi.