Chekka hududda sayyor qabul
Bugun Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N. Muxtorova Sharof Rashidov tumanining Samarqandquduq mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida, mamlakatda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab o‘tdi. Sayyor qabul davomida 11 nafar fuqarolarning muammolari joyida xal etildi.