Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Sharof Rashidov tumanida "Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir!" shiori ostida Favqulodda vaziyatlar vazirining kubogi uchun otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada tumanning “Uchtepa”, “Ravalliq”, “Toqchilik”, “Qangli” va “Yakka qayrag‘och” mahallalari jamoalari sportning voleybol, shaxmat, estafeta hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida kuch sinashishdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni "Uchtepa" mahallasi
2-o‘rinni "Toqchilik" mahallasi
3-o‘rinni "Ravalliq" mahallasi jamoalari qo‘lga kiritishdi va "Uchtepa" mahallasi jamoasi musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.