"HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI" DOIRASIDA MULOQOT O'TKAZILDI
Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifalardandir.
Prezidentimizning joriy yil 5 fevraldagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sharof Rashidov tumani Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan o‘quvchilarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan bo‘lib turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan Sharof Rashidov tumani 10- umumiy oʻrta taʼlim maktabida profilaktika kuni munosabati bilan Milliy gvardiya, Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi.