Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mas’ul xodimi Murodov Sobirjon hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Musa Anarbayev Sharof Rashidov tumaniga tashrif buyurdi
Tashrif mobaynida tuman hokimi Mahmud Xolbutaev va mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan suhbatlashdi.
Uchrashuv davomida kuz-qish mavsumida turli ko‘ngilsiz hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik, kambag‘allikdan farovonlik sari tamoyili asosida ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalar bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikka yo‘naltirish va shu orqali ular daromadini oshirish mahalla yettiligi bilan samarali ishni tashkil etish va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriq, tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.