“Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish”
Mamalakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli isloxotlar fuqarolarning tinchligi va jamiyatimizni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda lekin ayrim no pok kimsalar bundan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan korupsion xolatga qo‘l urishmoqda, buning natijasida inson huquqlarining buzilishiga, demokratiya va huquq ustuvorligiga putur yetkazilishiga iqtisodiyotni izdan chiqishiga, uyushgan jinoyatchilikning keng yoyilishiga sharoit yaratib bermoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish ko‘p holda uning sabablarini aniqlash va bartaraf etishdan iborat, Korrupsiyaga yo‘l ochadigan omillar sirasiga hokimiyat organlari tizimining murakkabligi, buyruqbozlik taomillarining ko‘pligini kiritish mumkin. Taqiqlar, ruxsat berish tartiblarining haddan tashqari ko‘pligi, davlat xizmatchilarining manfaatlari yetarlicha himoya qilinmagani ham korrupsiyaga yo‘l ochadi.
Davlatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mustahkam huquqiy asos yaratilgan. Xususan, 2017 yil 3 yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligi belgilangan.
O‘zbekiston 2008 yil 7 iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-york, 2003 yil 31 oktyabr), 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashishning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shilgan. Shuningdek, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan, Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 3 yanvarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari belgilangan bo‘lib, bular: Bosh prokuratura; Davlat xavfsizlik xizmati; Ichki ishlar vazirligi; Adliya vazirligi; Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentidir.
Korrupiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishda davlat organlari bilan jamoatchilikning mustahkam hamkorligi, xususan, jamoatchilik nazorati talab etiladi, Jamoatchilik nazorati davlat organlari faoliyatining qonuniyligini ta’minlash, davlat organlari va mansabdorlari inson xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlovchi qonun hujjatlariga rioya etmagan holatlarni aniqlashga qaratilgan, jamoatchilik nazorati sub’ektlari tomonidan qonun doirasida olib boriladigan chora-tadbirlar majmuidir.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik institutlariga keng vakolatlar berilgan bo‘lsa-da, bu borada hali muammolar ko‘p. Misol sifatida fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan nazoratning o‘rnatilmagani, davlat boshqaruvi organlarida korrupsiya darajasining kamaymayotgani, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari bilan xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etish borasida muammolarning mavjudligidir.
Korrupsiya uchun jazolarni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi. Fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq emasligi hamda har bir davlat xizmatchisining o‘z faoliyati jamoatchilik nazoratida ekanini chuqur his etishi korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartidir.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Sharof Rashidov tuman sudining raisi v.v.b K.Alovov