Noqonuniy ravishda tuproq ortgan huquqbuzar javobgarlikka tortildi
Jizzax viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Sharof Rashidov tumani inspeksiyasi tomonidan hududlarda olib borilgan nazorat ishlari davomida "Yangi diyor " MFY hududida fuqaro M.Q. tomonidan o‘zi boshqaruvida bo‘lgan yuklagich avtotransport vositasi yordamida noqonuniy ravishda tuproq resurslarini kovlab olayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha huquqbuzar fuqaroga MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 11 barobari miqdorida - 4 125 000 so‘m jarima belgilandi.
Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati