BOLALAR O‘RTASIDA YO‘L TRANSPORT XODISALARINI OLDINI OLISH YUZASIDAN TARG‘IBOT TADBIRLARI!
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma rejaga asosan Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasi bolalar bilan ishlash bo‘limining inspektor-psixologlari tomonidan umumta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlar bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarini keskin kamaytirish, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida harakat xavfsizligi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgin targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, Sh Rashidov tumani maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 6-sonli umumta’lim maktabi inspektor-psixologi leytenant M.Gʻaniyev tomonidan bolalar bilan bog'liq sodir etilishi mumkin bo'lgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.