Sharof Rashidov tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalallari muhokamasi boʻyicha oʻtkazilgan videoselektr yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar asosida daromadi past oilalarni kambagʻallikdan chiqarish choralari koʻrilmoqda.
Xususan, tumanda biriktirilgan masʼullar hamda mahalla yettiligi birgalikda mahallalarda daromadi past oilalarning turmush sharoitlari, oilaviy daromadi, muammo va ehtiyojlari bilan tanishilib, ularning daromadlarini oshirish, bandligini taʼminlash, moddiy va boshqa turdagi yordamlar berish orqali kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.