Davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli, isteʼdodli ayollarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish maqsadida Sharof Rashidov tumanida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlish bilan birga oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan ayollar ishtirok etishdi.
Tanlov yakuniy natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan ishtirokchilar viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.