Maʼlumki anʼanaga koʻra har yili mamlakatimizda noyabr oyining 10 sanasida tibbiyot xodimlari kuni nishonlanadi. Sharof Rashidov tumanidagi "Nodirabegim" tantanalar majmuasiga tibbiyot xodimlari taklif etildi.
Tuman hokimi Mahmud Xolbutaev ishtirokchilarini qutlar ekan, koʻp yillik samarali xizmatlari bilan soha ravnaqiga katta hissa qoʻshayotgan fidoyi tibbiyot xodimlar nomlarini alohida hurmat ehtirom bilan tilga oldi. Soʻngra bir guruh ilgʻorlarga tuman hokimining maxsus faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Sanʼatkorlarning dilrabo kuy qoʻshiqlari tantanaga yanada fayz qoʻshdi.