“Yashil makon” umummilliy loyihasida Sharof Rashidov tumanining keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizdagi har bir tashkilot, korxona va muassasalar tomonidan Respublika hududlari boʻylab mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.
Bugun Sharof Rashidov tuman "Oqtosh ota" mahallasida qad rostlayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi hududiga dastlab Sharof Rashidov tuman xokimi Mahmud Xolbutaev va nuroniy otaxonlar loyiha doirasida birinchidanlardan boʻlib daraxt koʻchatlarini erga qadashib tuman tashkilot muassasalari ishchi xodimlari tomonidan 2000 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Ekilgan har bir nihol “Yashil makon” platformasi orqali roʻyxatga olinib, ularning parvarishi uchun masʼul shaxslar biriktirildi. Oʻz navbatida, masʼullar ekilgan koʻchatlarning unib-oʻsishi nazoratga olinishini maʼlum qildi.