Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi Sharof Rashidov tumani bolalar bilan ishlash boʻlimi inspektor psixologlari tumani M va MTBga qarashli 39-sonli maktab rahbariyati bilan hamkorlikda ota-onalar uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida ota-onalarga bir qancha yetkazilishi kerak boʻlgan masalalar muhokama qilindi. Yigʻilishda koʻzlangan asosiy maqsad oʻquvchi yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, oʻquvchilar orasida keng tarqalishga sabab boʻlayotgan turli xil psixotrop va shunga oʻxshash moddalardan foydalanmaslik, maktab ichki tartib qoidalariga amal qilishlari, maktab hududiga turli xil oʻtkir tigʻli jismlar olib kelmaslik, pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik, yoʻl harakati qoidalariga oʻquvchi yoshlar amal qilishlari toʻgʻrisida ota-onalar bilan keng miqyosda muhokama qilindi.