Rahbar aholi muammolarini o'rganmoqda
Jizzax viloyati hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i N.Muxtorova viloyatning chekka hududlarida ham aholi bilan sayyor qabullar va uchrashuvlar tashkil etmoqda.
Sharof Rashidov tumanidagi eng chekka hududlardan biri Qulpusar mahallasida aholi bilan sayyor qabul o'tkazildi. Unda xotin-qizlarning sog'liqni saqlash, uy-joy, kredit va bir qancha ijtimoiy sohalardagi muammolariga yechimlar berilib, ba'zi murojaatlar shu joyning o'zida hal etildi.
Jumladan, 6 nafar fuqaroga sog'ligini tiklash borasida davolanishi uchun yo'llanmalar berildi. Shuningdek, yotib qolgan bemorlar holidan xabar olindi. Bu kabi tadbirlar joylarda yana davom etadi.