Gʻoliblar taqdirlandi
Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi Jizzax viloyat kengashi tomonidan o'tkazilgan "Yilning eng yaxshi o'zbek tili o'qituvchisi" respublika tanlovining Jizzax viloyat bosqichi g'oliblari taqdirlandi. Bugun, 13-oktabr kuni, Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Natijalarga ko'ra, Sharof Rashidov tumanidagi 31-sonli umumta'lim maktabining "Ona tili va adabiyoti" fani o'qituvchisi Sevara Yaxshiboyeva hamda Jizzax shahar 5-sonli umumta'lim maktabi "O'zbek tili va adabiyoti" fani o'qituvchisi Nurali Temirov g'olib deb topilib, tanlovning respublika bosqichiga yo'llanma oldilar.
G'oliblarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.
Tanlovning navbatdagi bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladigan 2 nafar o'qituvchimizda omad tilaymiz!