Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33
» » Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatidagi tashkilot, korxona, muassasalar, oʻzini oʻzi boshqarish organlari kabi bir qator tizimlar faoliyatini oʻrganmoqda

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatidagi tashkilot, korxona, muassasalar, oʻzini oʻzi boshqarish organlari kabi bir qator tizimlar faoliyatini oʻrganmoqda

14 март 2024 йил
102
0
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatidagi tashkilot, korxona, muassasalar, oʻzini oʻzi boshqarish organlari kabi bir qator tizimlar faoliyatini oʻrganmoqda

Davlat rahbarining mamlakatimiz hududlarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga oid topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatidagi tashkilot, korxona, muassasalar, oʻzini oʻzi boshqarish organlari kabi bir qator tizimlar faoliyatini oʻrganmoqda.

Jizzax viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishlar jarayonida respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax maxsus iqtisodiy zonasida joylashgan, yiliga 25 ming dona yengil avtomashina ishlab chiqarilayotgan “ADM JIZZAKH” korxonasi faoliyati oʻrganildi. Korxona masʼullari bilan kechgan muloqotda ishlab chiqarish quvvatini tez orada 100 mingtaga yetkazish kutilayotgani bildirildi. Xuddi shunday, Jizzax shahrining “Bunyodkor” mahallasida joylashgan, 35 turdagi shokolad mahsulotlari tayyorlanadigan “IRUS KON” korxonasi faoliyati hamda Sharof Rashidov tumanining “Oqtosh ota” mahallasidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi bilan tanishildi. Ayni vaqtda mazkur hududda 1 ming 132 ta xonadonga ega 16 ta koʻp qavatli turar joy hamda kommunal tizimlar yuzaga keltirilmoqda.

Oʻrganishlar jarayonida mazkur korxonalarning deyarli 30 foiz ishchi va xizmatchilari yoshlarni tashkil etishi, shuningdek kelgusida aynan yoshlarni kasbga oʻrgatish va malakasini oshirish orqali qoʻshimcha ish oʻrinlar yaratish masalalari eʼtirof etildi.

Shuningdek, Forish tumanining “Egizbuloq” mahallasida joylashgan “Mega invest industrial” qoʻshma korxonasiga borildi. Aytish joiz, 300 ishchi faoliyat koʻrsatayotgan korxonada 27 tur va hajmdagi mahsulotlar, xususan, yiliga 4 ming tonna bazalt tolasi, 4 ming 800 tonna kompozit armatura tayyorlanadi. Korxona masʼullari tomonidan oʻtkazilgan taqdimotda viloyat hududidagi yoshlariga ish oʻrinlarini yaratish hamda bandligini taʼminlashga qaratilgan rejalar tanishtirildi.

Oʻrganishlar davomida viloyat IIB xodimlarining ijtimoiy himoyasi va maishiy hayotini yaxshilash masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Hozirgi kunda Sharof Rashidov tumanining “Kuyovboshi” mahallasida ichki ishlar organlari xodimlari uchun barpo etilayotgan 4 sotix maydonga ega, 3 xonali 104 ta uylar qurilishi boshlangan. Bu turar joylarning joriy yil oktyabr oyida foydalanishga topshirilishi hamda hovlilarning 34 tasi soha vakillariga imtiyozli shartlarda ajratilishi bildirildi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan oʻrganishlar chogʻida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amaliyotga tatbiq etish doirasida sektor rahbarlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini har kuni tashkil etish, aholi oʻrtasida jinoyatchilikka nisbatan murosasizlik hissini kuchaytirish choralari koʻrilayotgani hamda jinoyatchilikni mahalla yettiligi ishtirokida “mahallabay” tamoyili asosida jilovlash mexanizmi yaratilgani bir qator hududlarda ijobiy natija berganligi alohida qayd etildi.

Ushbu ijobiy jarayonlar viloyatning Jizzax shahar “Doʻstlik”, “Yoshlik” va “Bobur” mahallalari, Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” va “Madaniyat” mahallalari, Arnasoy tumanining “Oltin vodiy” va “Gʻoliblar” mahallalari, Bahmal tumanining “Bogʻishamol” va “Nurafshon” mahallalari, Gʻallaorol tumanidagi “Guliston” mahallasi, Doʻstlik tumanidagi “Bunyodkor” va “Saritepa” mahallalari, Zarbdor tumanidagi “Adir obod” mahallasi hamda Zafarobod tumanidagi “Pistalkent” mahallalarida jinoyatchilik soni keskin kamayishiga olib kelgan.

Aynan shu hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha holat xalq deputatlari kengashlarida muhokama qilib kelinmoqda, kriminogen vaziyatni yaxshilash boʻyicha hududiy dasturlar ishlab chiqilgan hamda qator yangicha ish uslublari amaliyotga tatbiq etilib, patrullik xizmati zamonaviy modellar asosida tashkil etilgan.

Oʻrganish jarayonida, aniqlangan barcha kamchiliklar soha masʼullari ishtirokida tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida xizmat faoliyatini takomillashtirishga oid maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ishchi guruh aʼzolarining kundalik oʻrganish ishlari davom etmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар