Jizzax viloyati hokimi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisiga prezident sovg’asini topshirdi
Jizzax viloyati hokimi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisiga prezident sovg’asini topshirdi
Bugungi kunda Jizzaxda 40 mingga yaqin Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan 3 nafari istiqomat qilmoqdalar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2024-yil 7-maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʼbatlantirish toʼgʼrisida”gi Farmoni imzolandi.
Farmonga asosan 3 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Yurtboshimizning tabriklari, 20 million soʼm miqdoridagi pul mukofoti va esdalik sovgʼalari topshirilmoqda.
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Sharof Rashidov tumani Qoʼshkoʼpir mahallasida istiqomat qiluvchi 103 yoshni qarshi olgan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mamasharif ota Sodiqov xonadoniga borib, Davlatimiz rahbarining tabriklarini oʼqib eshshitirdi va bir martalik 20 million soʼm miqdoridagi pul mukofoti, esdalik sovgʼalarini tantanali tarzda topshirdi.