Yoshlarning huquqiy bilimi oshirildi
Yoshlarning huquqiy bilimi oshirildi
Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Gʻofur Bozorov rahbarligidagi ishchi guruh Sharof Rashidov tumani Ravot mahallasi hududidagi kasb-hunar maktabida oʻquvchilar bilan uchrashishdi. Profilaktik tadbirda tergov faoliyati, amaliyotda koʻp uchrayotgan firibgarliklar, qonunbuzarliklarning sodir etilishiga sabab boʻlayotgan omillar xususida soʻz bordi. Shuningdek, bugungi kunda kiber makonda sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari ham tilga olindi.
Tadbir davomida yoshlar viloyat IIB tergov va ekspert kriminalistika sohalarida qoʻllash uchun maxsus jihozlangan “Mobil tergov” va “Koʻchma kriminalistik labarotoriya” avtomashinalarining imkoniyatlari bilan tanishtirildi.