“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida "Ma'naviyat festivali" doirasida "Vatan madhi" galakonsert dasturi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligini munosib kutib olish va bayram oldidan yuqori kayfiyat ulashish maqsadida Jizzax garnizoni Ma'naviyat va Ma'rifat markazida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida "Ma'naviyat festivali" doirasida "Vatan madhi" galakonsert dasturi o‘tkazildi.
"Ma’naviyat festivali" da O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoira Zulfiya Mo'minova, teatr aktyori Bahrom Usmonov, O'zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, xonanda Jasur Raximovlar, hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari ishtirok etdi.
Festival doirasida adabiyot, san'at, madaniyat namoyandalaridan iborat Respublika targ‘ibot guruhi a'zolari ishtirokidagi chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo'ldi.