Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33

“Inson qadri va manfaatlari uchun”

28 август 2024 йил
33
0

“Inson qadri va manfaatlari uchun”

 O'zbekistonda Inson huquqlari uyi tashkil etildi

Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz va jahon minbarlarida bildirib kelayotgan fikrlarini tahlil qilish islohotlar yo‘nalishi, O‘zbekiston kelajagiga ob’ektiv baho berish uchun muhim hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan g‘oyalar va tashabbuslar mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda keng jamoatchilikka yetkazish katta ahamiyatga ega.

2023 yilning 19 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy debatlarida nutq so‘zlagan yurtimiz yetakchisi O‘zbekistondagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida ham fikrlarini bayon qilib o‘tdi. Xususan, mamlakatimiz "Inson qadri va manfaatlari uchun" degan ezgu g‘oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar yo‘lidan dadil ilgari borayotgani ta’kidlandi.

Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, 2023 yil 30 aprel kuni milliy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi yangilangan Konstitutsiya bo‘yicha O‘zbekistonda umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz berganlarning 90 foizdan ziyodi ushbu chinakam xalq Konstitutsiyasini qo‘llab-quvvatladi. Shu tariqa islohotlarimizning ortga qaytmaydigan muqarrar tus olishi ta’minlandi. Biz Asosiy qonunimizda millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning tengligi, inson huquqlari, so‘z va vijdon erkinligi prinsiplariga sadoqatimizni yana bir bor tasdiqladik. Mana shunday huquqiy asosda "O‘zbekiston-2030" taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Bu strategiya Birlashgan Millatlar tashkilotining "Barqaror rivojlanish maqsadlari"ga uyg‘un hisoblanadi.

Albatta, bu raqamlar va natijalar ortida tinimsiz, tizimli mehnat yotibdi. Keyingi maqsad va vazifalar ham o‘z miqyosi bilan ajralib turadi. Jumladan, bosh maqsad – 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini yana 2 barobarga oshirishdir. 2030 yilgacha kambag‘allikni 7 foizga tushirish reja qilingan. O‘z navbatida 2030 yilga qadar har bir bolaning bog‘chaga qatnashi, maktabni bitirayotgan har ikki o‘quvchining biri esa oliygohda o‘qishi uchun imkoniyat yaratiladi.

2030 yilga qadar daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirish asosiy maqsad qilib olinmoqda. Bunda kelgusi yetti yillikda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, eksport hajmini 2 barobar oshirish va eksportchi korxonalar sonini 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazish, eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 barobar ko‘paytirish, Yevropa davlatlariga GSP+ va boshqa tizimlar doirasida tayyor va texnologik mahsulotlar eksportini kengaytirishdek muhim vazifalar qo‘yilgan. Kelgusida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ko‘rsatkichining 25 foizdan yuqori bo‘lishi ta’minlanadi.

Shuni aytish joizki, bugun mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning bosh mezoni — adolatlilik, inson huquq va manfaatlari ustunligini ta’minlashdir. O‘z navbatida, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda. Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash asosiy maqsaddir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasidagi tarixiy nutqi, ma’ruzada ifodalangan tashabbuslar, ilgari surilgan g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda adolat va demokratiya tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar hozirgi tarixiy tub burilish pallasida yurtimizda davlat siyosati inson qadri, manfaatlari uchun amalga oshirilayotganining yana bir namoyishi bo‘ldi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Sharof Rashidov tumani sudining raisi v.v.b                                           K.Alovov

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар