Sharof Rashidov tumanida “Boʻsh ish oʻrinlari ixtisoslashtirilgan mehnat yarmarkasi” o'tkazildi
Sharof Rashidov tumanida “Boʻsh ish oʻrinlari ixtisoslashtirilgan mehnat yarmarkasi” o'tkazildi
Jizzaxdagi harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini, “Olmachi” MFY hududida istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlarni hamda vaqtinchalik ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash va ularga bandlik masalalarida ham amaliy-huquqiy yordam berish maqsadida Sharof Rashidov tumani, “Olmachi” MFY hududida joylashgan 20-sonli umumtaʼlim maktabida “Boʻsh ish oʻrinlari ixtisoslashtirilgan mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Ushbu oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari ham ishsiz aholilarni tadbirkorlikka jalb qilib, ularni bandligini taʼminlash maqsadida tarqatma materiallari bilan ishtirok etishdi.