Sharof Rashidov tumanida yoshlar bilan sayyor qabul o'tkazildi
Sharof Rashidov tumanida yoshlar bilan sayyor qabul o'tkazildi
Bugun Yoshlar ishlari agentligining Jizzax viloyat yoshlari ishlari boshqarmasi boshlig'i Otabek Musurmonov belgilangan reja asosida yoshlar muammolarini o'rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Sharof Rashidov tumani yoshlari bilan sayyor qabul o'tkazdi.
Sayyor qabulda yoshlardan jami 25ta murojaat bo‘lib, jami murojaatlardan 14 tasi joyida hal etildi, 3 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, 8 tasi tegishli tashkilotlarga boshqarma tomonidan yo`naltirilishiga kelishib olindi.
Murojaatlarning asosiy qismi – yoshlarga yer maydoni ajratish, talabalarning to`lov-kontraktini ma'lum bir qismida yordam berish, subsidiya asosida asbob-uskuna ajratishda amaliy yordam berish kabilardan iborat bo'ldi. Shuningdek, faol yoshlar tomonidan bir qator takliflar bildirildi.