Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33
» » SAYLOV KOMISSIYALARINING XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN SUDGA SHIKOYAT QILISH TARTIBI HAQIDA

SAYLOV KOMISSIYALARINING XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN SUDGA SHIKOYAT QILISH TARTIBI HAQIDA

18 сентябрь 2024 йил
45
0

SAYLOV KOMISSIYALARINING XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN SUDGA SHIKOYAT QILISH TARTIBI HAQIDA

 MJTKdagi sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish tartibi qayta koʻrib  chiqildi | NORMA.UZ

O‘zbekiston Respublikasi huquqiy-demokratik rivojlanishining bugungi kundagi asosiy yo‘nalishi va tamoyillari negizida avvalo, inson huquqlari va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlari hamda xalqning farovonligi yotadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 3-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi.

Saylov ochiq va oshkora o‘tkaziladi.

Kodeksning 4-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiydir.

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) saylash huquqiga egadir.

Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga asosan manfaatdor shaxslar saylov komissiyalarining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risida ariza (shikoyat) bilan  sudga murojaat qilishga haqli.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 30-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.

Ma’muriy sudlarning asosiy maqsad va vazifalari avvalo qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgandir.

 

Jizzax tumanlararo

ma’muriy sudi raisi M.Toshpulotov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар