"Muruvvat uyi"da tibbiy ko'rik...
"Muruvvat uyi"da tibbiy ko'rik...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha Jizzax “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida kuzgi “Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik” o‘tkazish bo‘yicha har yili ikki marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tashkil etiladi.
Tibbiy ko‘rikda: Psixiatr, nevropatolog, terapevt, ginekolog, stomatolog, dermatolog, kardiolog, lor, travmatolog, xirurg, okulist, endokrinolog va urolog, shuningdek, laborotologik diagnostik tekshiruvlardan umumiy qon tahlili, umumiy peshob, instrumental tekshiruvlardan EKG, UTT, Rentgen tekshiruvlari asosida bo‘lib o‘tmoqda.
Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Muxtorova Nazira Abdusattorovna "Muruvvat" internat uyida bo‘layotgan tibbiy ko‘rik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.