Rasmiy munosabat
2023-yil 17-oktabr kuni “Mening yurtim 5” telekanilining “Markaziy studio” informatsion ko‘rsatuvida “Jizzax “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internati hamshiralari faoliyatidan “Muruvvat” uyi bemorlari norozi ekani qayd etilgan.” mazmundagi video lavhaga rasmiy munosabat.
2023-yil 17-oktabr kuni “Mening yurtim 5” telekanilining “Markaziy studio” informatsion ko‘rsatuvida “Jizzax “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internati hamshiralari faoliyatidan “Muruvvat” uyi bemorlari norozi ekani qayd etilgan.” mazmundagi video lavhaga “Jizzax “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internati ma’muriyati quyidagilarni ma’lum qiladi.
Jizzax “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi 2022-yil oktabr oyida foydalanishga topshirilgan bo‘lib, quvvati 300 o‘ringa ega. Vasiylikka olingan ayollar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Hozirgi kunda 322 nafar ayol yashab kelmoqda, shundan 140 nafari Zomin “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internati ta’mirlanayotganligi sababli Jizzax “Muruvvat” uyida yashab kelmoqda.
Jizzax “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga vasiylikka olingan Ahmedova Gulbahor II guruh nogironi 2023-yil 7-yanvar kuni “Muruvvat” uyiga kelgan va shu kungacha davolanib kelmoqda.
3- vа 30-sentabr kunlari Ahmedova Gulbahorni “epilipsiya” huruji tutgan va unga birinchi yordam Muruvvat uyida ko’rsatilgan. Huruj to‘xtovsiz davom etaverganligi sababli shu vaqtning o‘zida tez yordam chaqirilgan.
“Muruvvat” uyida barcha kerakli dori-darmonlar berilgan. “Muruvvat” uyida alohida ro’yhat asosidagi dori vositalari bo‘lmasada, uning o‘rnini bosuvchi maxsus dori vositalari mavjud.
Gulbahor Ahmedova 30-avgustdan 30-sentabrga qadar 11 marta hammomga olib borilgan. Bu haqda “Muruvvat” uyining maxsus qaydlari bor.
Navbatchi hamshira L.Gʻaybullayeva bilan suhbat o‘tkazilganda 2023 yil 3-sentyabr kuni vasiylikka olingan G.Axmedovada epilepsiya bo‘lganligini, bemorga birinchi yordam ko‘rsatishiga qaramasdan o‘ziga kelmagani uchun tez tibbiy yordamni chaqirganligini, oldin ham shunday xolat bo‘lganida tez tibbiy yordam Sh.Rashidov tuman tibbiyot birlashmasiga birgalikda olib borilganida tibbiyot birlashmadagi vrachlar “Nimaga bunday kasalni bizga olib keldilaring, bunday bemorni bizga olib kelmanglar” degan iddaolarni aytgani uchun 30 sentyabr kuni ham Tez tibbiy yordam Gulbahor Ahmedovani ikki kilometr masofadagi tibbiyot birlashmasiga olib bormasdan, o‘n kilometr masofadagi viloyat tez tibbiy yordam markaziga olib kelgan.
Vasiylikka olingan Ahmedova Gulbahor sentabr oyida to‘rt marta “epilepsiya” holatiga tushgan va bundan ikki martasi “isterik epilepsiya” ekanligi aniqlangan.
G.Ahmedovaning murojaati bo’yicha alohida Ishchi guruh tuzilib o’rganish o’tkazildi hamda fuqaroning barcha vajlari o’rganildi. Muruvvat uyidagi barcha mas’ullar va har kuni vasiylikka olingan fuqarolar bilan ishlovchi hodimlar o’rtasida tushuntirish o’tkazilib, bemorlar bilan ishlashdagi tartib-intizom masalasi muhokama qilinib, alohida nazoratga olindi.
N.Sharipova “Jizzax “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun
ayollar internati direktori