Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33
» » “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Yangi Konstitutsiyasidagi huquqlari”

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Yangi Konstitutsiyasidagi huquqlari”

09 октябрь 2024 йил
23
0

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Yangi Konstitutsiyasidagi huquqlari”

 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni haqiqiy emas deb topish » Шароф  Рашидов тумани ҳокимлиги расмий сайти

O‘zbekistonning yagona xalqi, inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglagan holda, davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanib, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar  bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlash maqsadida.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsyaiviy qonun
2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.

Konstitutsiya normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat’i nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasi uy-joyidan maxrum etilgan mulkdorga uy-joyidan maxrum etilgan mulkdorga uy-joyning xam kurgan zararlarning o‘rni oldindan hamda teng qiymatda koplanishini ta’minlash bo‘yicha amaldagi konunchilik xujjatlarini targ‘ibot qilinadi.

Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Sharof Rashidov tuman sudining raisi v.v.b K.Alovov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

“Odam savdosiga qarshi kurashish”
11 октябрь 2024, Пятница
“Odam savdosiga qarshi kurashish”
“Inson qadri va manfaatlari uchun”
10 октябрь 2024, Четверг
“Inson qadri va manfaatlari uchun”
“Odam savdosiga qarshi kurashish”
27 август 2024, Вторник
“Odam savdosiga qarshi kurashish”
“Inson qadri va manfaatlari uchun”
28 август 2024, Среда
“Inson qadri va manfaatlari uchun”
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар