Sharof Rashidov tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan mavsumiy profilaktik tadbirlar boʻlib oʻtmoqda
Sharof Rashidov tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan mavsumiy profilaktik tadbirlar boʻlib oʻtmoqda
2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, uni betalafot oʻtkazish maqsadida Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Gaz taʼminoti va Elektr taʼminoti mutaxassislari ishtirokida Nonisangil MFY hududida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmatiga qarashli 9784 sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining kursantlari hamda harbiy qism xizmatchilari bilan is gazi, favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarni oldini olish, kamaytirish, shuningdek, baxtsiz hodisalarni oldini olish boʻyicha ochiq eshiklar kuni oʻtkaziladi.
Shu bilan bir qatorda qism hududida joylashgan yer osti suv olgichlarini hozirgi kundagi holati ham oʻrganilib, tegishli yoʻriqnomalar berildi.