Favqulodda vaziyatlarda tashkilot xodimlari qanday harakat qilmog‘i lozim?
Favqulodda vaziyatlarda tashkilot xodimlari qanday harakat qilmog‘i lozim?
Biroz avval “Jizzax suv ta’minoti” AJ Sharof Rashidov tuman filiali xodimlari ishtirokida inshootlar va tarmoqlar ekspluatatsiyasi hamda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha amaliy mashg’ulot bo’lib o’tdi.
Amaliy mashg’ulotda mas'ul xodimlar tomonidan mavzular bo'yicha batafsil ma'lumot va ko'rsatmalar berib borildi.
Xususan, yong‘in sodir bo‘lganda, shuningdek zilzila va suv toshqinlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, talafot oqibatlarini bartaraf etish hamda jabrlanuvchilarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)