Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33
» » XALQ DEPUTATLARI SHAROF RASHIDOV TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XALQ DEPUTATLARI SHAROF RASHIDOV TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

06 ноябрь 2024 йил
12
0

XALQ DEPUTATLARI SHAROF RASHIDOV TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

 

 

 

 

 

 


 

Bugun Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Unda tuman saylov komissiyasi raisi Zoirjonov Mirza Murtazaqulovichning joriy yil 27 oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Tuman saylov komissiyasi raisi oʻz soʻzida saylovga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish jarayonlarini nafaqat tumanimiz ahli, partiyalarning vakolatli vakillari, balki xorijiy davlatlardan kelgan 2 nafar kuzatuvchilar ham kuzatib, oʻz fikrlarini bildirib borishganini,  jumladan, saylov komissiyasiga ish sharoitlari yaratib berish, saylov uchastkalarini jihozlash, zamonaviy aloqa va raqamli texnologiya vositalari bilan taʼminlanganligiga yuqori baho berishganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashiga saylangan deputatlarning  partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Sessiyada ishtirok etgan Jizzax viloyat hokimi Soliyev Ergash Alibekovich Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga Xolbutayev Mahmud Parsamatovichning nomzodi ko‘rsatilganligini bildirdi.

Xolbutayev Mahmud Parsamatovich Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Shundan so‘ng tuman hokimligiga nomzod Xolbutayev Mahmud Parsamatovich hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar, qoʻlga kiritilgan yutuqlar, joylarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bilan birgalikda tumanni rivojlantirishning istiqboliga moʻljallangan “Sharof Rashidov tumanini 2025-2029-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” dasturi bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.
Xolbutayev Mahmud Parsamatovich bildirilgan ishonch uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, viloyat rahbariyati va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga minnatdorlik bildirdi hamda bu ishonchni oqlash uchun bor bilimi, tajribasi va salohiyatini ishga solishga vaʼda berdi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar Isakov Marat Isakovich, Mamaraximova Gulnoza Kamolovna, Avalboyev G'anisher Nematovich va Abdullayev Ortiqboy Abdullayevichlar so‘zga chiqib, mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Shuning bilan Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining yettinchi chaqiriq  birinchi sessiyasi yakunlandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар