"Yongʻin xavfsizligi oyligi"da seminar va amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi
"Yongʻin xavfsizligi oyligi"da seminar va amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi hukumat komissiyasi raisining tegishli qaroriga muvofiq Mudofaa vazirligiga qarashli Sharof Rashidov tumani Samarqandquduq mahallasi hududida joylashgan 40040-sonli harbiy qismda viloyat Harbiy prokuraturasi, Yongʻin xavfsizligi Jizzax gornizoni yongʻin boʻlimi, Sharof Rashidov tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan ushbu harbiy qismda "Yongʻin xavfsizligi oyligi"da seminar va amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi.
Bunda harbiy qism jamoasi, harbiy xizmatchi, xizmatchilari oila a'zolari bilan ishtirok etdi. Ularga is gazi, yongʻin, havo gaz aralashmasining chaqnashi, zilzila va boshqa sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish boʻyicha yoʻriqnoma berildi.
Favqulodda vaziyat joy va vaqt tanlamaydi. Ogoh boʻling.