Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33

"Prokuror bog‘i" tashkil etildi

19 ноябрь 2024 йил
1
0

"Prokuror bog‘i" tashkil etildi

 

 

 

 

Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati prokuraturasi organlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar shular jumlasidandir.

Viloyat prokurori boshchiligidagi xodimlar Sharof Rashidov tumanida 3 gektar yer maydonida tashkil etilayotgan “Jizzax viloyat prokuraturasi bog‘i”da 2,5 mingdan ortiq har xil turdagi mevali va manzarali ko‘chatlar ekishdi.

Shuningdek, viloyat prokurori tomonidan bog‘ hududida 0,04 ga yer maydonida tashkil etilayotgan gul ko‘chati yetishtirishga ixtisoslashtirilgan issiqxona faoliyati bilan tanishib, o‘zining tegishli tavsiyalarini berdi.

Ko‘chat ekish tadbirida faxriylar, jamoatchilik kengashi vakillari, ko‘ngilli yoshlar va Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ва "Yosh ekofaollar" Kengashi a'zolari faol ishtirok etishdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар