Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33
» » O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

28 февраль 2022 йил
320
0

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Intellektual mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

 O'zbekistonda Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi — Omma.uz

Endilikda, intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun yuridik shaxslar 54 million so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.

 

Qonunga muvofiq, tovar belgilari, firma nomlari va sanoat mulkidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun jarima to‘lash tartibi belgilandi. Bu esa huquqbuzarlikning jamiyatga, tadbirkorga keltirgan zararidan kelib chiqib, unga qonuniy chora ko’rish, bu kabi huquqbuzarliklarni oldini olish imkonini beradi.

 

Yuridik shaxslar bir xil tovarlar uchun tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi yoki chalkash darajada o‘xshash belgilardan noqonuniy foydalangan taqdirda, ularga BHMning 100 dan 200 baravari miqdorida jarima solinadi.

 

Shuningdek, yuridik shaxslar firma nomidan noqonuniy foydalanganlik uchun BHMning 100 dan 200 baravarigacha jarimaga tortiladi.

 

Avval, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 177-moddasiga binoan oʼzganing tovar belgisidan, xizmat koʼrsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʼn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʼn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼlar edi. Jarima miqdorining kamligi sabab ta'sir kuchi sezilmas va huquqbuzarlik qayta takrorlanish holatlari ko'plab uchrar edi.

 

Shuningdek, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonunga jarima solishning asoslari va tartibini, shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan sanoat mulki obyektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima to‘lash tartibini nazarda tutuvchi moddalar kiritilmoqda.

 

Endilikda, sanoat mulkining tegishli patentlangan obyektini o'z ichiga olgan mahsulot yoki buyumni o'zboshimchalik bilan tayyorlash, foydalanish, olib kirish, sotishga taklif qilish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqacha kiritish yoki shu maqsadda saqlash yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan ikki yuz baravarigacha (27 mln so'mdan
54 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

 

Intellektual mulk obyektlari huquqbuzarligi uchun jarima miqdorini belgilanishi fuqarolarning o’zgalar huquqini hurmat qilish, ayniqsa tovar belgilari, foydali model, sanoat namunalaridan huquq egasi ruxsatisiz foydalanishni oldini olishga xizmat qiladi.

 

Jinoyat ishlari bo’yicha           

Sharof Rashidov tuman sudining raisi  

         Z.Xudayberdiyev              

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Pensiya qonunchiligida nimalar o‘zgardi?
24 февраль 2022, Четверг
Pensiya qonunchiligida nimalar o‘zgardi?
QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
31 январь 2022, Понедельник
QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар