Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33
» » TOP-100 “Mahalla yettiligi”reytingida “Toqchilik” MFYning soliq inspektori Xayrulla Berdaliyev ham o‘rin olgan

TOP-100 “Mahalla yettiligi”reytingida “Toqchilik” MFYning soliq inspektori Xayrulla Berdaliyev ham o‘rin olgan

17 сентябрь 2024 йил
5
0

TOP-100 “Mahalla yettiligi”reytingida “Toqchilik” MFYning soliq inspektori Xayrulla Berdaliyev ham o‘rin olgan

 

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi joriy yilning 8 oyi davomida mahallalarda tizimli ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda alohida natijalarga erishgan TOP-100 “mahalla yettiligi” reytingini eʻlon qildi (https://t.me/uzmahallalari/4033?single).

Mazkur “mahalla yettiligi” xodimlarini bugungi kunda mahalla tizimining haqiqiy fidoyilari deb atash mumkin. Ular aholining intilishlari va maqsadlarini roʻyobga chiqarishda oʻzlarining ulkan hissalarini qoʻshmoqdalar.

Bugungi kunda har bir mahallaga biriktirilgan soliq organlari xodimlari bor imkoniyatlarni ishga solib, mahallalardagi soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning, tadbirkorning iqtisodiy muammolarini oʻrganish va hal qilish, ularga proaktiv shaklda xizmat koʻrsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda fidokorona xizmat qilmoqda.

Quvonchlisi reytingda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani, “Toqchilik” MFYning soliq inspektori Xayrulla Berdaliyev ham o‘rin olgan. Xayrilla o‘ziga biriktirilgan mahallasida tadbirkorlarga soliq xizmatlarini ko‘rsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla byudjetining daromadini shakllantirishda samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha oyma –oy 21 ta mezon asosida 95 va 100 balga baholanmoqda.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, reytingdan munosib oʻrin olgan Xayrilla Berdalievni samimiy tabriklaydi!

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар