Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33
» » Sharof Rashidov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 17-umumiy o'rta ta'lim maktabida Jinoyat ishlari bo'yicha Sharof Rashidov tuman sudi raisi Z.Xudayberdiev ishtirokida amaliy dars mashg‘uloti o'tkazildi

Sharof Rashidov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 17-umumiy o'rta ta'lim maktabida Jinoyat ishlari bo'yicha Sharof Rashidov tuman sudi raisi Z.Xudayberdiev ishtirokida amaliy dars mashg‘uloti o'tkazildi

30 октябрь 2024 йил
40
0


Jinoyat ilari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining raisi Z.Xudayberdiev tomonidan tumanda joylashgan maktab o‘quvchilar o‘rtasida qonunga itoatkorlikda va huquqbuzarlikka toqatsizlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘tkazgan dars mashg‘uloti yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni itoatkorlik va huquqbuzarlikka toqatsizlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha chora tadbirlar dasturiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 17-umum ta’lim maktabida “Inson huququlari va erkinliklarining kafolatlari” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Dars mashug‘ulotida mazkur maktabning 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, voyaga yetmagan yoshlarning huquq, majburiyatlari va javobgarligi yuzasidan tushunchalar berilib, o‘quvchilarning o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Dars mashg‘uloti qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda olib borildi.

Inson huquqlari - insoniyat paydo bo‘lgandan buyon turli darajalarda, mutafakkirlar va faylasuflarning bahs-munozarasi mavzusi bo‘lib kelgan. Uning huquqiy manbalari juda qadimgi zamonlarga borib taqaladi.

Ma’lumki, Inson huquqlariga oid BMT tomonidan 70 ga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan 160 dan ziyod, YuNESKO tomonidan 70 dan ortiq, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilingan. Ma’lumotlarda keltirilishicha hozirgi paytda Inson huquqlari bo‘yicha 400 ga yaqin xalqaro hujjatlar mavjud.

Men e’tiboringizni barchaga yaxshi ma’lum bo‘lgan BMT Bosh Assambleyasining rezolyusiya bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ga qaratsam.

Chunki, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” obrazli aytganda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘zagini tashkil etadi.

Qolaversa, butun dunyoda inson huquqlariga taalluqli bo‘lgan qonunlar hujjatlari “ildizi” mana shu BMTning asosiy hujjatidan “oziqlanadi”.

 

 

So‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda — BMT) 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va shartnomaviy qo‘mitalariga muntazam ravishda milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelmoqda.

Bundan tashqari, milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘si yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqei yaxshilanishiga xizmat qiladi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Sharof Rashidov tuman sudining raisi

Z.Xudayberdiev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар