Munosabat
Prezidentimiz 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildilar.
Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida mamlakatimizda joriy va strategik vazifalarni bajarishda barcha boʻgʻindagi ijro organlari avvalo hukumatimiz zimmasiga katta vazifalar yuklatilganiga alohida eʼtibor qaratildi. Prezident xalq davlat idoralariga emas, davlat tashkilotlari xalqqa uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilishi zarurligi aytib oʻtildi. Qonun qabul qilindimi, u albatta ishlashi, odamlar hayotida sezilarli oʻzgarish qilishi kerakligi aytildi.
Xalqimiz ongu tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadriyatlarga hurmat hisini kamol topshirish maqsadida davlat siyosatini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.
Mamarahimova Gulnoza Kamolovna,
Sharof Rashidov tuman kengashi deputati